09/01/2026

    Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish  jarayoniga tayyorgarlik ishlari barcha tashkilot va muassasalarda bosqichma-bosqich, seminarlar shaklida izchil davom etmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi — ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlarni elektron tizimlarga aniq, ishonchli va sifatli kiritilishini ta’minlashdan iborat.

    Shu kabi navbatdagi o‘quv-amaliy seminar Samarqand viloyati Jomboy tumani va Kattaqorgon shahar DSI xodimlari uchun tashkil etildi. Tadbirni statistika bolim hodimlari olib bordi.

    Seminar davomida ishtirokchilarga elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, aholi va xo‘jalik subyektlaridan olinadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, shuningdek, turli xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech