O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari ham faol ishtirok etadi.


Shu kabi tadbirlardan biri Pastdarg'om tuman ijtimoiy xodimlari uchun bo‘lib otdi. Seminar tuman statistika bo'limi xodimlari tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda mutaxassislar seminarning mazmun-mohiyatini yig'ilganlarga yana bir bor tushuntirib, barchadam mas'uliyat va birdamlik bilan harakat qilishi zarurligini ta'kidladi. Seminar so'ngida, ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayoni, savolnomalar shakllari va ularni to‘ldirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Axborot xizmati



