O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan navbatdagi o‘quv - seminar Paxtachi tumani, yoshlar agentligi xodimlari uchun tashkil etildi.


Tadbir tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan olib borildi. Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati hamda mazkur jarayonni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.


Axborot xizmati



