12/01/2026

    Joriy yilning 8-yanvar kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli  Farmoni ijrosini ta’minlash va davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan Toshkent davlat istisodiyot universtitetining Samarqand filiali o‘qituvchi va xizmatchilari uchun o‘quv - seminar tashkil etildi.

    Tadbir  viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borildi.  Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati hamda mazkur jarayonni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi..

    Mazkur seminarning asosiy maqsadi, talabalarga ro‘yxatga olish jarayoni va uning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, yoshlarning bunday jiddiy siyosiy tadbirga faol ishtiroklarini ta’minlash ham ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri edi.

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech