Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 849,7 trln so‘mni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 7,7 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida yalpi hududiy mahsulot hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 367 222,3 mlrd so‘m (+11,3 %)
Toshkent viloyati — 180 177,4 mlrd so‘m (+7,2 %)
Navoiy viloyati — 167 964,6 mlrd so‘m (+7,7 %)
Samarqand viloyati — 121 489,5 mlrd so‘m (+8,0 %)
Farg‘ona viloyati — 111 305,3 mlrd so‘m (+8,1 %)
Andijon viloyati — 107 717,6 mlrd so‘m (+6,8 %)
Qashqadaryo viloyati — 98 783,4 mlrd so‘m (+6,8 %)
Buxoro viloyati — 86 608,1 mlrd so‘m (+7,2 %)
Namangan viloyati — 85 419,0 mlrd so‘m (+8,2 %)
Surxondaryo viloyati — 66 186,5 mlrd so‘m (+6,6 %)
Xorazm viloyati — 62 987,5 mlrd so‘m (+7,9 %)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 54 076,9 mlrd so‘m (+7,2 %)
Jizzax viloyati — 52 956,7 mlrd so‘m (+8,2 %)
Sirdaryo viloyati — 35 794,4 mlrd so‘m (+9,8 %)
TOP-3 iqtisodiy o‘sish:
Toshkent shahri — +11,3 %
Sirdaryo viloyati — +9,8 %
Namangan viloyati va Jizzax viloyati — +8,2 %

Axborot xizmati



