Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 533,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:
moliyaviy xizmatlar — 124,9 %;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,2 %;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 121,0 %;
ijara xizmatlari — 117,6 %;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 117,5 %;
me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,3 %;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 114,7 %;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,1 %;
savdo xizmatlari — 114,0 %;
transport xizmatlari — 113,3 %;
kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 113,0 %;
shaxsiy xizmatlar — 111,6 %;
boshqa xizmatlar — 115,8 %.

Axborot xizmati



