Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-may oylarida turli rusumdagi 190 480 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 ming donaga oshgan.
Ular rusumlar bo‘yicha quyidagicha:
Cobalt – 69 302 dona;
Damas – 35 269 dona;
Tracker – 18 519 dona;
Onix – 15 157 dona;
KIA – 11 128 dona;
BYD – 10 120 dona;
Haval – 4 038 dona;
Chery – 3 156 dona;
Maxsus yengil avtomobillar – 23 791 dona.

Axborot xizmati



