Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʻplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 7- iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyasiz taraqqiyot sari” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan targʻibot aksiyasi tashkil qilindi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosarlari hamda bo‘limlar xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i T. Sidikov so‘zga chiqib, Bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.
Jumladan, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Toshpo‘latov, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish izchillik bilan olib borilayotganligi. Bu borada soʻz yuritar ekanmiz avvalo, mamlakatimiz 2008- yilda Korrupsiyaga qarshi konvensiyaga, 2010- yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga qoʻshilganligini, Oliy Majlis tomonidan 2011- yilda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilinganligini koʻrsatib oʻtish lozimligi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati