2021-yil 18-avgust kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida maʼnaviyat soati oʻquv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma boshligʻi v.v.b. Sh.Abdiyev soʻzga chiqib bugungi yig‘ilish kun tartibiga qoʻyilgan masala yuzasidan gapirarkan inson qadimdan atrof muhitda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirgani, his-tuygʻularni soʻzlar, soʻz yigʻindisi, raqslarda ifodalanganligi.
Yana keyinroq odamlar oʻzlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, oʻsimliklar, togʻlar, suvlarning paydo boʻlishini izohlovchi toʻqima hikoyalar oʻylab topganliklari. Qabila-urugʻning mard va jasur yigitlari haqida, ularning gʻaroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo boʻlganligi. Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa boʻlib yashayotgan aholi oʻrtasida shuhrat topib, bugungi kunda biz ularni “xalq ogʻzaki ijodi” deb atashimiz haqida gapirdi.
Boshqarma Axborot xizmati xodimi F. Eshonqulov soʻzga chiqib, tizmida yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashda “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Rustamxon” kabi xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan keng foydalangan holda “Alpomishlar oʻtgan bu diyor!” mavzusida maʼruza qildi.
Sh. Abdiyev, xulosa qilib aytganda, oʻzbek xalqi, davlat va huquq sohasida misli koʻrilmagan bir necha ming yillik tarixiy tajribaga, betakror madaniy-maʼnaviy va ilmiy boylikka ega ekanligi, bugungi kunimiz uchun ajdodlarimiz xizmatlari beqiyos ekanligi, yoshlarimizning ularning umr yoʻllarini oʻrganmogʻi lozimligi, ana shundagina buyuk avlodlarimizga munosib farzand boʻla olishligimiz haqida toʻxtalib, kun tartibidagi maʼruzalarini yakunladi.
Axborot xizmati