Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda har 10 ming aholiga 28,6 nafar shifokor to‘g‘ri keladi.
Ixtisosliklar va ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar bilan aholining ta’minlanganlik darajasi (har 10 000 aholiga nisbatan):
terapevtik ixtisosligi bo‘yicha — 10,8 nafar
jarrohlik ixtisosligi bo‘yicha — 3,3 nafar
akusher-ginekologlar (10 000 ayolga nisbatan) — 3,2 nafar
pediatrlar (0-14 yoshdagi 10 000 bolaga nisbatan) — 8,3 nafar
pediatrlar (0-17 yoshdagi 10 000 bolaga nisbatan) — 7,1 nafar
oftalmologlar — 0,5 nafar
otolaringologlar — 0,6 nafar
ftiziatrlar — 0,2 nafar
nevropatologlar — 0,9 nafar
psixiatrlar — 0,3 nafar
dermato-venerologlar — 0,3 nafar
stomatologlar — 3,3 nafar
sanitariya-epidemiologiya guruhi shifokorlari — 1,4 nafar
rentgenologlar va radiologlar — 0,4 nafar
onkologlar — 0,3 nafar

Axborot xizmati



