13/10/2021

2021- yilning 12- oktabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o‘qituvchi hamda talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun mohiyati, qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali  o‘qituvchi hamda talabalari ishtirok etishdi.

Seminarda  viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i F. Shukurov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan barcha me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosini borishi yuzasidan tushunchalar berildi. 

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech