13/10/2021

Joriy yilning 13- oktabr kuni  Davlat statistika qoʼmitasi tomonidan Statistik registrlarni yuritish boʼlimi mutaxassislari uchun videoseminar tashkil etildi.

Vebinarda Davlat statistika qoʼmitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʼrsatish boshqarmasi xodimlari hamda hududiy statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

 Vebinarni Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʼrsatish boshqarmasi boshligʼi N.Sheraliev ochib, 2021- yilning o‘tgan III chorak yakuniga ko‘ra sohada amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, seminarda korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri maʼlumotlar bazasini shakllantirishda xodimlar malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, hududiy boshqarmalarning tegishli tarmoq boʼlimlari mutaxassislari bilan oʼzaro tajriba almashildi, ish jarayonini samarali tashkil qilish boʼyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 Аxborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech