20/10/2021

Viloyat statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlariga  videokonferensaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilganligi haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchilar http://census.stat.uz/ sayti orqali onlayin ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi haqida tushunchalar, shuningdek, har bir tuman va shahar 5- tadan oilani kiritib, o‘z taklif va tavsiyalarini berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga boshqarma mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech