21/10/2021

Joriy yilning 21-oktabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma  rahbariyati, OAV vakillari, hamda boshqarma bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

 

 

Matbuot anjumanini boshqarma boshligʻining birinchi o‘rinbosari Abdiyev Sharof Azamovich ochib, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil  11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati, oxirgi yillarda statistika tizimida amalga oshirilgan islohatlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼruza qildi.

 

 

Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Suyunov Anvarjon Anarovich Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil  11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida yig‘ilganlarga keng qamrovli tushunchalar berdi.

 

 

Tadbirda shuningdek Samarqand viloyatida 2021-yil yanvar-sentyabr oylarida amalga oshirilgan ishlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati boʻyicha statistik tahlillar, sohalarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida boshqarmaning Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi xodimi Neʼmatov Mirjahonning maʼruzasi tinglandi.

 

 

Tadbir yakunida berilgan savollarga boshliq o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan batafsil javoblar berildi. 

 

 Axborot  xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech