Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, yaʼni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Samarqand viloyati statistika boshqarmasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Bayram tadbiriga boshqarma rahbariyati, xodimlari hamda onlayn shaklda hududiy bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i v.b. D. Musinov, xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri boʻlgan ona tilimiz oʻzining qonuniy maqomi va himoyasiga ega boʻlganligi. Ona tilimiz milliy oʻzligimizligi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgani, shu tariqa oʻzbek tili mustaqil davlatimizning Bayrogʻi, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylanganligi, vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganligi haqida to‘xtaldi.
Har qaysi xalq yoki millatning maʼnaviyatini uning tarixi, oʻziga xos urf-odat va anʼanalari, tili, madaniyati va qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Ulugʻ mutafakkir shoirimiz hazrat Alisher Navoiyning oʻzbek xalqi maʼnaviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari beqiyos boʻlgan. Uning moʻtabar nomi, ijodiy merosini doimo faxrlanib tilga olamiz. “Tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz” degan purmaʼno soʻzlarining magʻzini anglaymiz. Navoiyning asarlari orqali ona tilimizning beqiyos boyligi, uning buyukligini angladik, unga boʻlgan mehr-muhabbatimiz oshdi.
Til millatimiz faxri, jamiyatimiz ko‘zgusi hisoblanadi. Ayni choqda, til qalbimiz oynasi hamdir. Shunday ekan, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik. Zero, til bor ekan, millat barhayot. Til bor ekan,yurtning istiqboli nurli va charog‘on bo‘ladi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’muriyati barcha O‘zbekiston xalqini bayram bilan muborakbod etadi!
Ona tilim
Biz, Turkning bosh bo‘g‘ininga
O‘zbek tilin asramoq vojib,
Lug‘at tuzib ulug‘ bo‘ldi
Qoshg‘ariy ham Yusuf Hojib.
Zamon ming bor o‘zgarsa ham
Vatan kabi o‘zgarmas zabon,
So‘z kifoya, har ko‘ngilning
Qulfin bo‘lar til bilan ochib.
Axborot xizmati