2021- yil yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 88,2 % ni tashkil etdi. 2020- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 % ni tashkil qildi.
2021- yil yanvar-sentabr oylarida, avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 78,8 % ni tashkil etgan bo‘lib, 2020- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 % ni tashkil qildi.
2021- yil yanvar-sentabr oylarida, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,4 % ni tashkil etib, 2020- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 103,2 % ni tashkil qildi.
2021- yil yanvar-sentabr oylarida, avtomobil transporti yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 98,0 % ni tashkil etib, 2020- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 101,9 % ni tashkil qildi.
Axborot xizmati