Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yil yanvar-sentabr oylarida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan ko’payganligi kuzatildi. Ular tomonidan jami qurilish ishlari hajmining 65,4 % i bajarilib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 5,0 % punktga ko’paygan.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,3 % ni tashkil etgan holda 3 384,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Axborot xizmati