2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 1 328,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 287,1 mln. AQSh dollariga yoki 27,6 foizga koʻpaydi.
TSA da eksport hajmi 360,5 mln. AQSh dollariga (64,3 % ga koʻpaydi) va import hajmi 968,3 mln. AQSh dollariga (17,7 % ga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida – 607,8 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Axborot xizmati