Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra 661 tani tashkil etib, ulardan 646 tasi yoki 97,7 %i faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 64 taga yoki 10,7 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda 96 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.
Axborot xizmati