28/01/2022

Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2021- yil yanvar-dekabr oylari yakuniga ko‘ra, 6 315,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 109,0  %ni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi  ulushi  esa  72,1  %ni  tashkil  etdi.

Bu  ko‘rsatkich  hududlar  kesimida  taqqoslanganda  yuqori  ulush Samarqand  tuman i (99,9  %),  Urgut  (99,8 %),  Payariq  (99,5 %),  Oqdaryo (99,6  %),  Jomboy   (99,9  %)   tumanlarida  va  Kattaqo‘rg‘on      shahrida   (99,8 %)   bo‘lgan.    Eng past  ulush  esa  Bulungur  (20,0 %),  Toyloq (69,0 %)  va   Pastdarg‘om  (38,3  %)   tumaniga   to‘g‘ri   keldi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech