15/03/2022

2022- yilning yanvar-fevral oylarida AOKA tomonidan respublika darajasidagi 139 ta tashkilot va idora, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda 206 ta tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblarining 2021- yil II yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi oʻrganilib, Respublika darajasidagi 139 nafar matbuot kotibidan 45 nafarining ish natijalari yuqori, 57 nafariniki oʻrta, 33 nafariniki qoniqarli, 4 nafarining faoliyati past darajada, deya baholangan.

 

 

Tuman va shaharlar hokimliklari kesimida 206 nafar matbuot kotibidan         14 nafarining faoliyati yuqori, 97 nafariniki oʻrta, 75 nafariniki qoniqarli, 9 nafariniki esa past darajada, deb topilgan.

Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimligining Axborot xizmati ish faoliyati ham Respublika boʻyicha yuqori baholangan.

 

 

2022- yilning 15- mart kuni Jomboy tuman hokimligida hokimlik matbuot kotibini taqdirlash marosimida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Musinov Dilshod Sultanovich ishtirok etdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech