16/03/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda. Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:

Qoraqalpogʻiston R. – 127 034 ta
Andijon viloyati – 206 076 ta
Buxoro viloyati – 196 858 ta
Jizzax viloyati – 85 899 ta
Qashqadaryo viloyati – 242 068 ta
Navoiy viloyati – 89 526 ta
Namangan viloyati – 196 821 ta
Samarqand viloyati – 366 676 ta
Surxondaryo viloyati – 172 485 ta
Sirdaryo viloyati – 60 803 ta
Toshkent viloyati – 307 913 ta
Fargʻona viloyati – 297 232 ta
Xorazm viloyati – 199 313 ta
Toshkent shahri – 503 030 ta

Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 87 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda.

2021-yilda 236 667 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech