16/03/2022

2022-yilning 16-mart kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Harakatlar strategiyasidan taraqqiyot - strategiyasi sari” mavzusida maʼnaviyat oʻquv soati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni, farmonning mazmun-mohiyati, belgillab berilgan ustivor vazifalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtishdi.

Farmonda qayd etilganidek, Harakatlar strategiyasi amalda boʻlgan oʻtgan yillar mobaynida fuqaro va mamlakat hayotining barcha jabhalarida muayyan tashkiliy-huquqiy, tizimli ishlar amalga oshirildi.

 

 

Oʻtgan 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasi davrida toʻplangan tajriba shuni koʻrsatdiki, endilikda davlatning vazifasi sifat, mazmunan va shaklan oʻzgarmoqda. Bugungi raqobat dunyosi, investitsiyaviy jozibadorlik endilikda falsafaning oʻsha mashhur kategoriyasi – miqdor koʻrsatkichlari oʻz oʻrnini – sifat koʻrsatkichlariga boʻshatib berishini talab etmoqda.

Endilikda davlatning vazifasi davlat xizmatlari sifati va jamiyat bilan oʻzaro hamkorlik samaradorligiga erishish uchun boshqaruvning barcha darajalarida resurslar va koʻnikmalarni safarbar etish va birlashtirishdan iborat boʻlishi lozimligini davr taqozo etmoqda. Bugungi islohotlar fonida davlat boshqaruvida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqaroga xizmat qilishga yoʻnaltirish”da ochiqlik (davlat xizmatchilarining hisobdorligi, byudjet shaffofligi, axborotning ochiqligi, fuqarolar va OAVning axborotdan foydalanish ochiqligi) juda muhim.

 

 

Hokimiyatga ishonch (parlament/hukumat/sud) muhim. Shu maʼnoda oʻzida “inson qadri uchun”, “davlat – inson uchun” gʻoyalarni moddiylashtirishga yoʻgʻrilgan Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari tashlangan qadam qutlugʻ boʻlsin. Farmon tasdiqlandi, navbat – amaliy ishlarga!

Tadbir davomida yigʻilish qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, savollarga ma’ruzachilar tomonidan tegishli javoblar olindi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech