2022–yilning yanvar–mart oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 3 934,5 mlrd. so‘mni yoki 2021–yilning mos davriga nisbatan 101,7 foizni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotla-rining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 95,9 foizni tashkil etdi.
2022–yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 63,8 ming tonna go‘sht (2021– yilning yanvar–martiga nisbatan 3,1 % ga ko‘p), 275,9 ming tonna sut (1 % ga ko‘p), 216,2 mln. dona tuxum (11,3 % ga kam) va 125,1 tonna baliq (37,4 % ga kam) ovlandi.
Axborot xizmati