10/08/2022

Samarqand viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2022- yilning yanvar-iyun oylarida 2 663,2 ming so‘mni tashkil etdi va buni hududlar bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Samarqand shahrida 3 395,6 ming so‘mni viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 127,5 % ni tashkil etgan.

Boshqa hududlarga nisbatan past ko‘rsatkich Kattaqo‘rg‘on tumanida 2 143,0 ming so‘mni (80,5 %), Payariq tumanida 2 163,3 ming so‘mni (81,2 %), Paxtachi tumanida 2 172,7 ming so‘mni (81,6 %) tashkil etib, shahardagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.

 Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi, viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan

(2022- yil yanvar-iyun, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlarisiz, % da)

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech