22/08/2022

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning 7 oyida xorijga qiymati qariyb 19 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 38,2 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.

Olxo‘ri eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 23,3 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan davlatlar:

 

  • Qozog‘iston – 22,8 ming tonna
  • Rossiya – 13,8 ming tonna
  • Qirg‘iziston R. – 1,5 ming tonna
  • Belarus – 98,6 tonna
  • Mongoliya – 19,8 tonna

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech