22/09/2023

2023-yilning 22-sentabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Sanchiqul” MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining joylarda qanday  amalga oshirilayotganiga bagʻishlangan press-tur bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi, tuman statistika bo‘limi xodimlari, Pastdarg‘om tumani “Sanchiqul” MFY faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

 

Tadbir davomida mahallada joylashgan 123-sonli umuta’lim maktabida MFY faollari, maktab o‘qituvchilari hamda OAV vakillari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda sxematik reja va xaritalarni tayyorlash, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan hujjatlarni yuritilish holati hamda qarorining joylarda ijrosi qay tariqada ta’minlanayotganligi o‘rganildi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosini borishi yuzasidan tushunchalar berildi.  

 

 

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech