Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentabrida Samarqand viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 52 438,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvarsentabri bilan taqqoslaganda 4,8 % ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2022-yilning yanvar-sentabridagi narxlariga nisbatan 113,4 % ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Samarqand viloyatining qo‘shgan hissasi 7,0 % ga yetdi.
Axborot xizmati