2024-yil yanvar-mart oylari yakuni bo‘yicha 17 875,7 ming AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 10,0 % ini tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sur’ati 75,5 % ni tashkil qildi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor tirikotaj va tikuvchilik kiyimlari (51,7 %), Gilam mahsulotlari (21,0 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 60 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 19 ta davlatiga eksport qilindi.
Axborot xizmati