2024- yilning yanvar-iyun oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,2 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 28,6 %), sanoatda – 108,0 % (17,7 %), qurilishda – 106,2 % (5,8 %), xizmatlar sohasida – 106,9 % ni (47,9 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 113,2 % (7,8 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 112,3 % (7,2 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 104,2 % dan (32,9 %) iborat bo‘ldi.
Axborot xizmati