02/08/2024

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156-son hamda Samarqand viloyati Statistika boshqarmasining 24-iyuldagi 58-son buyruqlariga asosan viloyat hududidagi dehqon vа tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmlari to‘g‘risidagi ma’lutnotlarning to‘liqligi vа sifatini o‘rganish maqsadida, tanlab olingan hududlarda 2024-yilning 1-avgustidan boshlab dehqon vа tоmоrqа xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyatini tanlanma kuzatuvi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Kuzatuv davomida dehqon va tomorqa xo‘jalikarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi ekin ekilgan maydonlari o‘lchamlari, chorva mоllаri va раrrаndаlаr bosh soni, yetishtirilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganilib mutaxassislar (intervyuyerlar) tomonidan planshet qurilmasiga kiritilib borilmoqda.

Hududlarda kuzatuvlar qizg‘in davom etmoqda, kuzatuvchi intervyuerlarga Statistika boshqarmasidan biriktirilgan mas’ul xodimlar amaliy yordam bermoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech