2024-yilning yanvar-iyun oylarida import hajmi 1 054,6 mln. AQSh dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 120,3 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng yuqori ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (31,9 %), kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (26,9 %) hamda sanoat tovarlari (23,4 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 176,8 mln. AQSh dollariga ko‘paydi va 1 051,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar 2,7 mln. AQSh dollariga yetdi.
Axborot xizmati