2024-yilning yanvar-iyun oylarida 19,6 ming nafar Janubiy Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 ming nafarga yoki 23,8 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Janubiy Koreya fuqarolari soni safar maqsadlari kesimida quyidagicha:
sayyohlik – 13 681 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 2 960 nafar;
xizmat yuzasidan – 2 368 nafar;
tijorat – 329 nafar;
oʻqish – 300 nafar.
Axborot xizmati