2024-yilning yanvar-iyul oylarida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 964,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 769,6 mlrd. so‘m, qo‘y va echkilar 144,8 mlrd. o‘mni, otlar 45,0 mlrd. so‘mni, parrandalar 5,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Axborot xizmati