01/11/2024

    2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 35,4 trln soʻm ishlar bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan 9,8 % ga koʻpaygan.

Shuningdek, yakka tartibdagi turar-joylar qurilish boʻyicha bajarilgan ishlar hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 21,2 % ni tashkil etgan.   

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech