10/12/2024

    Joriy yilning 10-dekabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi kuniga bag‘ishlab, “Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi kuylandi. Shundan so‘zng, boshqarmaning Axborot xizmati xodimi Eshonkulpv Fazlulloh davlat ramzlari, jumladan, madhiya borasida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi. Xususan, madhiyaning mualliflari, yaratilish tarixi va ahamiyati, xalqaro arenalarda ham kuylanishi, insonga iftixor bag‘ishlashi borasida gapirib berdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan madhiyaning yaralishi, mazmun-mohiyati to‘g‘ridida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech