Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida viloyat korxonalari tomonidan 5 764,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,1 % ni tashkil etdi.
Samarqand shahridagi korxonalari tomonidan 2 138,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, viloyatdagi ulushi 37,1 foizni, o‘sish sur’ati 104,8 foizni tashkil etmoqda.
Axborot xizmati