Ko‘rgazmada 70 dan ortiq korxonaning 2 mingdan ziyod mahsulotlari, jumladan, turizm, elektrotexnika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, charm-poyabzal sanoati, mebelsozlik, oziq-ovqat sanoati, gilam mahsulotlari va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi korxonalar hamda oliy ta’lim muassasalari va yoshlarning startap loyihalari, namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmada Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishmoqda.
Bugungi kunda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sohadagi yangiliklar to‘g‘risida seminar tashkil etilib korxona va tashkilotlarnieng axborotlari eshitildi.
Tadbirda statistika boshqarmasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi F. Eshonkulovning “Sanoat sohasi ko‘rsatkichlarining statistik tahlili” to‘g‘risidagi ma’ruzasi eshitildi.
Axborot xizmati