2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra viloyatimizda 4 670 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asasosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1 140 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 24,4 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 706 tasi (15,1 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 379 tasi (8,1 %) kiyim ishlab chiqarishga, 428 tasi (9,2 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga va 342 tasi (7,3 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot xizmati