09/10/2025

   Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra,  2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonga 3 ta xorijiy davlatdan qiymati 163,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 163,4 ming tonna kungaboqar yogʻi import qilingan.

   Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 79,4 ming tonnaga yoki qariyb 2 barobarga oshgan.

   8 oyda Oʻzbekistonga kungaboqar yogʻi yetkazib bergan davlatlar:

   Qozogʻiston – 163,3 ming tonna;

   Rossiya – 111,6 tonna;

   Gruziya – 0,1 tonna.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech