10/10/2025

    Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan qiymati 59,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 54,6 ming tonna parranda goʻshti import qilingan.

    Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 ming tonnaga yoki qariyb 14,2 foizga oshgan.

    8 oyda Oʻzbekistonga eng koʻp parranda goʻshti yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya – 13,9 ming tonna;

Turkiya – 9,8 ming tonna;

Belarus – 7 ming tonna;

Belgiya – 5,6 ming tonna;

Niderlandiya – 4,2 ming tonna;

Boshqa davlatlar – 14,1 ming tonna.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech