Bugun 2025-yilning 4-noyabr kuni, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasida Prezidentimizning shu yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida tuzilgan Samarqand viloyati shtabi a’zolari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.


Tadbirda viloyatdagi barcha tegishli tashkilotlar mas’ulari ishtirok etishdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Prezident Farmonining mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish jarayonining bosqichlari va uning ahamiyati haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonining tartibi, ma’lumotlarni yig‘ish va qayd etish usullari, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish ro‘yxatga olishda foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish qoidalari va axborot xavfsizligiga oid mavzular bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib o‘tildi.


Bu kabi o‘quv-seminarlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, uni xalqaro standartlar talablari asosida amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu orqali aholi soni, tarkibi va qishloq xo‘jaligi resurslariga oid ishonchli maʼlumotlar bazasi yaratiladi.
Axborot xizmati



