10/12/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 1,7 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,8 mln tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan.

   Eksport qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,7 foizga oshib, jami eksportdagi ulushi 5,9 % ni tashkil etdi.

   Eksport tarkibi quyidagicha:

   meva va rezavorlar – 523,2 ming tonna;

   sabzavotlar – 524,8 ming tonna;

   tarvuz-qovun – 231,5 ming tonna;

   yeryong‘oq va yong‘oqlar – 21,8 ming tonna;

   mosh – 86,2 ming tonna;

   boshqalar – 434,3 ming tonna.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech