22/05/2026

    2026-yil 1-aprel holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 3 367 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 37 ta, kichik korxona va mikrofirmalar soni 3 330 tani tashkil qildi. Viloyat bo‘yicha 2026-yilning yanvar-mart oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 7 610,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,8 % ga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 3 881,8 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,4 % ni, viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 51,0 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech