Joriy yilning 15- iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev hamda Samarqand viloyatidagi korxona va tashkilotlar Axborot xizmati mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Yigʻilishda viloyat statistika boshqarmasidan Axborot xizmati xodimi F. Eshonqulov ishtirok etdi.
Xodjayev oʻz maʼruzasida, bugungi kun matbuot kotiblarida oʻziga xos yondashuvlar, axborotlarni video, audio, infografika koʻrinishida, aholi uchun qulay tartibda tayyorlash zarurligi, vaholanki, bugun ana shunday koʻrinishdagi axborotlar oʻquvchiga tez va oson yetib borishi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuvda, shuningdek, media-rejalarning oʻz vaqtida bajarilishi, veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashda yanada masʼuliyatli boʻlish lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, viloyatdagi korxona va tashkilotlarning mavjud ijtimoiy tarmoq kanallaridagi obunachilar sonining kamligi, obunachilar sonini oshirish yuzasidan qilinishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berdi.
Uchrashuv soʻnggida yigʻilish qatnashchilari oʻzlarining qiziqtirgan savollariga Asadjon Xodjayev tomonidan tegishli javoblarni olishdi.
Axborot xizmati