18/06/2021

Joriy yilning 17- iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi boʻlimi, Toyloq hamda Urgut tumanlari statistika bo‘limlari boshliqlari birgalikda tumanda faoliyat yuritgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari uchun seminar tashkil etishdi.

 

Seminarda, E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4- mehnat (choraklik) Davlat statistika hisobotini to‘ldirish, hisobot ko‘rsatkichlari uni belgilangan   muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish toʻgʻrisida  tushuntirishlar berildi.

 

 

Shuningdek, statistik  hisobotlarni  E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda topshirish orqali, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish yuzasidan ma’ruza qilindi.

 

 

Seminar yakunida korxona va tashkilotlar hisobchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech