21/06/2021

 

 

 

Joriy yilning 19- iyun kuni, yoshlar oyligi doirasida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining  o‘rinbosari  Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 149-umumta’lim maktabi faollar zalida, Urgut tumani yoshlari bilan uchrashdi. Tasdiqlangan reja grafik asosida o'tkazilgan uchrashuv davomida Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Ziyadullayev tuman yoshlariga davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.

 

 

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Savol javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda faol ishtirok etgan iqtidorli yoshlar Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Djurakulovich tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

 

 

        Shuningdek, M.Ziyadullayev tomonidan tumandagi “ O‘roqboyjar” MFY ga kompyuter jamlanmasi hadya qilindi.

       

Yig‘ilish so‘ngida yoshlar tomonidan berilgan takliflar hamda istaklar ijrosini o‘rganish uchun  bir qancha muddatdan keyin qaytadan yig‘ilishga kelishib olindi.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech