2021- yilning 1- iyul kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasining “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limi xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiyaviy seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma hamda hududiy statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda, viloyatimizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, Qo‘mita mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar, hududlarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hududlardagi mavjud muammo va kamchiliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, so‘nggi haftalarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha yetarli ishlar tashkil etilmayotganligi ko‘rsatilib o hududiy statistika bo‘limlari boshliqlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Seminarda tuman, shahar statistika bo‘lim xodimlariga boshqarma mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha savol-javob tarzida taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati