02/07/2021

"Oʻzbekistan Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilingan kunga 29 yil to‘lganligi munosabati bilan Samarqand viloyati statistika boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Sidikov Tolib Iskandarovich so‘zga chiqib, gerbimiz osoyishta, mustaqil, tinch, toʻkin va farovon hayotimizning timsoli ekanligi, bugungi kunda mamlakatimizning rasmiy idoralarida, xorijiy vakolatxonalarda, davlat tashkilotlarining peshtoqida aks ettirilganligi haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, davlat gerbi — davlat ramzlaridan biri. Unda davlatning milliy, siyosiy, iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va boshqa belgilari oʻz ifodasini topadi. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida tasvirlanadi.

Oʻzbekistan Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisidagi qonunni 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.

 Gerbda aks ettirilgan togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi koʻrinishi haqida T.Sidikov yig‘ilganlarga tushuncha berib o‘tdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech