2021-yil 15-iyul kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari ishtirokida “Milliy qadriyatlar - yot gʻoyalarga qarshi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni boshqarma boshligʻi Sidikov Tolib Iskandarovich kirish soʻzi bilan ochib, milliy qadriyatlarni yoshlarga oʻrgatish bugun har qachongidan-da muhim ekanini taʼkidladi. Milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash-milliy tiklanishimizga zamin yaratishi shubhasizligini, ota-bobolarimizdan bizga meros boʻlib qolgan qadriyatlarni bizdan keyingi odamlarga ham yetkazishimiz kerakligini, bu borada muqaddas islom dinimizning zalvori balandligi xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, T.Sidikov oʻz soʻzida Istiqlol bizga ulkan imkoniyatlar hamda dunyo hamjamiyatidagi tenglik kabi hech narsa bilan oʻlchab, baholab boʻlmaydigan huquqimizni qaytarib berdi. Pirovardida oʻzligimizni angladik, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimiz tiklandi deya qoʻshimcha qildi.
Kezi kelganda aytish joizki, milliy qadriyat deganda, eng avvalo, tarixiy sinovlarga bardosh bergan, xalqimizning milliy manfaatlarini oʻzida toʻliq mujassamlashtirgan, zamonaviy taraqqiyot talablariga butunlay javob bera oladigan, asrlar oʻtgani sayin qadr-qimmati ortib boradigan gʻoyalar tushuniladi. Hayot rivojlanib borarkan, qadriyat ham takomillashib, mukammallashaveradi. Yana bir narsa ayonki, milliy qadriyatni bir yoqlama, sunʼiy ravishda ulugʻlash, undan siyosiy maqsadlarda foydalanish jamiyat taraqqiyotiga aks taʼsir etishi ham bor gap.
Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari Abdiyev Sharof Azamovich soʻzga chiqib Milliy qadriyatlar — millat yuzi, qalb shuuridir. Shunday ekan, milliy qadriyatlarimiz barobarida, mustaqillikni oliy qadriyat darajasiga koʻtarish har birimizdan katta masʼuliyat talab etadi. Zero, biz erishayotgan jamiki yutuqlar ana shu muqaddas neʼmat sharofatidandir deya qoʻshimcha qilib oʻtdi.
Qizgʻin savol-javob va muhokamalar ostida oʻtgan tadbirda qatnashchilar oʻzlari uchun maʼnaviy ozuqa oldilar.
Axborot xizmati